locale OZ

Andijonda sinxron suzish bo‘yicha xalqaro mahorat darsi o‘tkazilmoqda

Mazkur mashg‘ulotlarda rossiyalik Olimpiya va Jahon o‘yinlari chempioni Elena Azarova bevosita ishtirok etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijonda sinxron suzish bo‘yicha xalqaro mahorat darsi o‘tkazilmoqda
Фото: Спорт вазирлиги

Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 2–4-oktyabr kunlari sinxron suzish bo‘yicha xalqaro o‘quv seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur mashg‘ulotlarda rossiyalik Olimpiya va Jahon o‘yinlari chempioni Elena Yurevna Azarova bevosita ishtirok etib, sinxron suzish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan mahorat darslari, seminar hamda amaliy mashg‘ulotlarni olib bormoqda.

Tadbir davomida sportchilarga texnik va nazariy bilimlar bilan birgalikda xalqaro talablar darajasidagi mashqlar va uslublar namoyish etilib, jahon miqyosida qo‘llanilayotgan yangi yondashuvlar o‘rgatilmoqda.

Mazkur seminar sportchilarimiz mahoratlarini oshirish, zamonaviy tajribalarni o‘zlashtirish hamda sinxron suzish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini xalqaro mezonlar darajasiga ko‘tarishga xizmat qilmoqda/

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting