locale OZ

Andijonda shaxmat bo‘yicha viloyat chempionati yakunlandi

Qator ishtirokchilar maxsus nominatsiyalar asosida rag‘batlantirildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijonda shaxmat bo‘yicha viloyat chempionati yakunlandi
Фото: Андижон спорт бошқармаси

Andijon shahri Universal sport majmuasida shaxmat bo‘yicha 6, 8, 10, 12, 14, 16 va 18 yosh toifalaridagi o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan Andijon viloyati chempionati bugun o‘z yakuniga yetdi.

Bir necha kun davom etgan mazkur musobaqada yosh shaxmatchilar yuqori tayyorgarlik, kuchli iroda va mahorat namoyish etib, g‘oliblik uchun murosasiz va qiziqarli bahslar olib bordilar. Chempionat viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan iqtidorli yosh shaxmatchilarni bir maydonga jamladi.

Musobaqa yakunida har bir yosh toifasi bo‘yicha g‘olib va sovrindor o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar. Shuningdek, chempionat davomida o‘zining faolligi, chiroyli o‘yinlari va sport madaniyati bilan ajralib turgan bir qator ishtirokchilar maxsus nominatsiyalar asosida rag‘batlantirildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting