Andijonda paralimpiya sportchilari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev Andijon viloyatiga xizmat safari bilan boʻlib, Andijon shahridagi qilichbozlik majmuasi hamda Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida paralimpiyachi sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, tashrif davomida paralimpiya yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilar hamda ularning murabbiylari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda sportchilarning tayyorgarlik jarayoni, erishilayotgan natijalar va kelgusidagi rejalari muhokama qilindi.
Mazkur tashrif hududlarda paralimpiya sportini yanada rivojlantirish, yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning professional sportga yo‘naltirilishida muhim ahamiyat kasb etadi.