locale OZ

Andijonda «O‘zbek jang san’ati» bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi

O‘zbek jang san’ati asosida sog‘lomlashtirish mashqlarini keng joriy etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijonda «O‘zbek jang san’ati» bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi
Фото: Андижон спорт бошқармаси

Andijon viloyatida O‘zbekiston “O‘zbek jang san’ati” federatsiyasi tashabbusi bilan Andijon viloyati sport boshqarmasi hamda Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmasi hamkorligida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va O‘zbekiston “O‘zbek jang san’ati” federatsiyasi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida o‘tkazilib, unda Milliy gvardiyaning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamda kursantlari faol ishtirok etdi.

Seminar federatsiya raisi tomonidan olib borildi. Unda trenerlarning texnik va taktik bilimlarini oshirish, shuningdek, yosh sportchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga o‘zbek jang san’atining jangovar qurollar bilan ishlashga oid texnik va taktik usullari amaliy tarzda namoyish etildi. Mashg‘ulotlar orqali jangovar tayyorgarlikni kuchaytirish, real vaziyatlarda samarali harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida urg‘u berildi.

Shuningdek, seminar doirasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ayniqsa yoshlarni sportga jalb etish bo‘yicha davlat siyosatida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shu munosabat bilan federatsiya raisi tomonidan trenerlarga o‘zbek jang san’ati asosida sog‘lomlashtirish mashqlarini keng joriy etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting