Andijonda MMA bo‘yicha O’zbekiston chempionatiga start berildi
Bu haqda Andijon sport boshqarmasi xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Андижон спорт бошқармаси
Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasida aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha O’zbekiston chempionati musobaqasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Ochilish marosimida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i birinchi o’rinbosari Fazliddin Berdiyev, O’zbekiston aralash jang san’ati assotsiatsiyasi ijrochi direktori To’rayev Murodhon, shuningdek, viloyat sport boshqarmasi boshlig’i O’tkirbek Toshpo’latov ishtirok etib, sportchilarga omad va zafarlar tiladilar.
Musobaqada U15, U17, U20 yoshdagi Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan sportchilar o‘z vazn toifalarida g‘oliblik uchun bahslarga kirishdilar.
Mazkur musobaqa MMA sport turini ommalashtirish va yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist