locale OZ

Andijonda «Men g‘olib» shiori ostida ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijonda «Men g‘olib» shiori ostida ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi
Фото: Андижон спорт бошқармаси

Bugun Andijon shahrida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, harbiy xizmatchilar hamda yoshlar o‘rtasida “Men g‘olib” shiori ostida ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi.

Mazkur sport tadbiri Andijon shahridagi 24/7 ko‘chasi va ECO park hududida bo‘lib o‘tdi. Marafonning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari K. Komilov marafonchilarga muvaffaqiyat tilab, bunday sport tadbirlarining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini alohida ta’kidladilar.

Marafon yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar quyidagicha aniqlandi:

Erkaklar o‘rtasida:

1-o‘rin — Iskandarov Voxid Mudofaa vazirligi sharqiy harbiy okrugi

2-o‘rin — G‘ofurjonov Dilshod (ADPI)

3-o‘rin — Maxammadjonov Muxammadsodiq AOPSTTM

Ayollar o‘rtasida:

1-o‘rin — Usmonova Dilshoda (ADPI)

2-o‘rin — Mamirova Nasima (Qo’rg’ontepa tuman sport maktabi)

3-o‘rin — Raximjonova Nazmina (Jalaquduq tuman sport maktabi)

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rtasida:

1-o‘rin — Baxriddinov Abdujabbor (IIB)

2-o‘rin — Kimsanov Shamsiddin (IIB)

3-o‘rin — Azimov Ozodbek (Milliy gvardiya)

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting