locale OZ

Andijonda kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati davom etmoqda

Musobaqaning ikkinchi kunida 61, 70, 79, 92 va 125 kg vazn toifalarida bahslar o‘tkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijonda kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati davom etmoqda
Фото: Спорт вазирлиги

Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasida sportning erkin va ayollar kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida (U 20) O‘zbekiston chempionati bellashuvlari qizg‘in davom etmoqda.

Musobaqaning ikkinchi kunida 61, 70, 79, 92 va 125 kg vazn toifalarida bahslar bo‘lib o‘tdi va kuchli raqobatda g‘olib hamda sovrindorlar aniqlab olindi.

G‘olib va sovrindor sportchilarni Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari K.Komilov, viloyat prokurori M.Abduhakimov, O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi vakili M.Ikromxojaev hamda Andijon viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i O‘.Toshpo‘latov taqdirladi.

Chempionatda respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan yosh polvonlar o‘z mahorati va yuqori jismoniy tayyorgarligini namoyon etmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting