locale OZ

Andijonda Hokim olimpiadasi musobaqalari davom etmoqda

Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Andijonda Hokim olimpiadasi musobaqalari davom etmoqda
photo: sport vazirligi

Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida boks bo‘yicha “Andijon shahar hokimi olimpiadasi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning ochilish marosimida shahar hokimi o‘rinbosari, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi ijrochi direktori hamda sport maktablari rahbarlari ishtirok etdi.

Musobaqalarda 13–14 yosh toifasidagi sportchilar 10 ta vazn yo‘nalishida bellashdilar. Unda sport maktablari, xususiy sport klublari va umumta’lim muassasalari qoshidagi sport to‘garaklari vakillari qatnashib, g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib bordilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlandi. O‘z vazn toifalarida eng yuqori natijani qayd etgan sportchilar musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting