locale OZ

Andijonda «Hokim olimpiadasi» davom etmoqda

Yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijonda «Hokim olimpiadasi» davom etmoqda
Фото: Андижон спорт бошқармаси

Andijonda sportning og‘ir atletika turi bo‘yicha “Hokim olimpiadasi” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Baliqchi tumani sport maktabida o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha musobaqada 120 nafardan ortiq sportchi 8 ta vazn toifasida o‘zaro bahs olib bordi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlar yakunida eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimida tuman hokimligi, viloyat sport boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i ishtirok etib, g‘oliblarga diplom hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting