Andijonda futzal bo‘yicha Birinchi liga 3-turi boshlandi
Bellashuvlar yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Ўзбекистон футзали
Bugun Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasida futzal bo‘yicha mamlakat milliy birinchiligi — Birinchi liga musobaqasining 3-tur uchrashuvlariga rasman start berildi.
Respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar ishtirokida o‘tayotgan bellashuvlar yuqori saviyada tashkil etilmoqda hamda futzal muxlislari e’tiborini o‘ziga tortmoqda.
Jamoalar musobaqa jadvalidagi o‘rinlarini yaxshilash uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqda. Uchrashuvlar professional hakamlar tomonidan boshqarilib, musobaqa reglamentiga to‘liq rioya etilgan holda o‘tkazilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist