locale OZ

Andijonda fidjital sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqalariga start berildi

Musobaqa doirasida bahslar 30 oktabr sanasiga qadar davom etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijonda fidjital sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqalariga start berildi
Фото: Спорт вазирлиги

Andijon davlat chet tillari instituti sport zalida fidjital sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining dastlabki kuni fidjital — futbol yo‘nalishida bahslar bilan boshlandi.

Ishtirokchilar dastlab raqamli (virtual) bosqichda o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi, so‘ng esa sport zalida an’anaviy mini futbol o‘yini orqali g‘alaba uchun kurash olib bordilar.

Fidjital sport bu raqamli va jismoniy sportni uyg‘unlashtiruvchi yangi yo‘nalish bo‘lib, ishtirokchilardan nafaqat virtual o‘yin mahoratini, balki haqiqiy sportdagi jismoniy tayyorgarlikni ham talab qiladi.

Musobaqa doirasida fidjital basketbol, just dance va lasertag yo‘nalishlari bo‘yicha bahslar 30-oktabr sanasiga qadar davom etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting