locale OZ

Andijonda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shaxmat va shashka musobaqalariga start berildi

Musobaqa yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijonda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shaxmat va shashka musobaqalariga start berildi
Фото: Спорт вазирлиги

Andijon shahrida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning maktablararo shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Universal” sport majmuasida o‘tkazilgan bellashuvlarda 1–4, 5–8 hamda 9–11-sinf o‘quvchilari shaxmat bo‘yicha, 1–4, 5-11-sinf o‘quvchilari esa shashka yo‘nalishida o‘zaro kuch sinashdi. Musobaqa yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” o‘quvchilar o‘rtasida sport va intellektual raqobat, do‘stlik, hamjihatlik va faol hayot tarzini targ‘ib qiluvchi muhim tashabbus bo‘lib xizmat qilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting