locale OZ

Andijonda belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalariga start berildi

Bellashuvlar 2 noyabrga qadar davom etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijonda belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalariga start berildi
Фото: Спорт вазирлиги

Qo‘rg‘ontepa tumani sport maktabida o‘smirlar va qizlar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun start olgan mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan 400 nafarga yaqin iqtidorli sportchilar g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Reglamentga ko‘ra, dastlab musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Marosimda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi Alisher Halilov hamda Andijon viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Toshpo‘latov, Respublika belbog‘li kurash federatsiyasi bosh kotibi Abduxalil Malikovlar ishtirok etishib sportchilarga omad tilashdi va musobaqaning dastlabki g‘olib va sovrindorlarini taqdirlashdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting