Andijonda badiiy gimnastika bo‘yicha Respublika ochiq chempionati o‘tkazildi
Andijon shahridagi Universal sport majmuasida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha U-5–U-17 yosh toifalaridagi qizlar o‘rtasida Respublika ochiq chempionati yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqada respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar o‘zaro mahorat sinovidan o‘tib, qiziqarli va murosasiz bahslarda ishtirok etdilar. Yakunda o‘z yosh toifalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchilar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, taqdirlash marosimida badiiy gimnastika sport turini rivojlantirish, yosh sportchilarni tarbiyalash va yuqori natijalarga erishishda munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh murabbiylar ham alohida e'tirof etilib, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.