locale OZ

Andijonda badiiy gimnastika bo‘yicha mintaqaviy bellashuvlar yakunlandi

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” doirasidagi musobaqada yosh gimnastika ustalari o‘z mahoratlarini namoyon etdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Andijon viloyatida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining badiiy gimnastika yo‘nalishi bo‘yicha mintaqaviy bosqich bellashuvlari yakunlandi. Xo‘jaobod tumanida o‘tkazilgan to‘rtinchi mintaqaviy bosqichda Qo‘rg‘ontepa, Xo‘jaobod, Jalaquduq tumanlari hamda Xonobod shahridan 15–17 yosh toifasidagi iqtidorli gimnastikachi qizlar ishtirok etishdi. Bellashuvlar nafis va o‘ziga xos chiqishlar bilan boy bo‘ldi.

Ishtirokchilarning chiqishlari ijro texnikasi, harakatlar aniqligi va gimnastika elementlarining mukammal bajarilishiga ko‘ra hakamlar hay’ati tomonidan puxta baholandi.

Musobaqa yakunida har bir hududdan eng yaxshi natijalarni qayd etgan gimnastikachilar g‘olib, deb e’lon qilindi.

G‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi hamda viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting