locale OZ

Andijon viloyatida yoshlar kuni munosabati bilan sport musobaqalari o’tkazilmoqda

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlar viloyat sport boshqarmasi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijon viloyatida yoshlar kuni munosabati bilan sport musobaqalari o’tkazilmoqda
Фото: Андижон спорт бошқармаси

Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon viloyatining Izboskan tumani To‘rtko‘l MFY hududida joylashgan kasb-hunar texnikumida viloyat sport boshqarmasi xodimlari boshchiligida navbatdagi sport tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir doirasida sportning bir qator turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Jumladan, tennis, armrestling hamda qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida yengil atletikaning 30 va 100 metrga yugurish yo‘nalishlari bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi.

Mazkur sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, shuningdek, iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlar viloyat sport boshqarmasi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting