Andijon viloyatida suzish bo‘yicha “Viloyat hokimi olimpiadasi” musobaqalariga start berildi
Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida yosh sportchilarning mahoratini sinovdan o‘tkazish va iste’dodlarni aniqlashga qaratilgan “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining suzish bo’yicha hududiy bosqich bellashuvlari o‘tkazilmoqda.
Tantanali ochilish marosimida viloyat sport sohasi vakillari, jumladan Andijon viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Toshpo‘latov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi ijrochi direktori Mashxurbek Kuchkarov, shuningdek, Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori Iqboljon Xaydarov hamda bir qator mutasaddilar ishtirok etib, yosh sportchilarga omad va zafarlar tiladilar.
Musobaqada viloyatning shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan 13–14 yosh toifasidagi o‘g‘il va qizlar suzish bo‘yicha o‘zaro bellashib, o‘z tayyorgarlik darajasi va sport mahoratini namoyon etmoqdalar.
Mazkur musobaqalar orqali yosh sportchilar oʻrtasida sogʻlom raqobatni kuchaytirish barobarida, kelajakda yurtimiz sharafini himoya qiladigan istiqbolli iqtidorlar saralab olinadi.