Andijon viloyatida sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan hududlarda sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar doimiy ravishda oʻrganib borilmoqda. Xususan, xizmat safari bilan Andijon viloyatiga tashrif buyurgan F.Turdiyev viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i O‘.Toshpo‘latov bilan hamkorlikda viloyatda o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.
Tashrif davomida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining birinchi bosqichini tashkil etish jarayonlari, tashkiliy ishlar hamda ishtirokchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, o‘rganish jarayonida viloyat sport infratuzilmasining holati atroflicha tahlil qilindi. Mavjud sport inshootlaridan samarali foydalanish, ularni yanada rivojlantirish hamda yoshlar o‘rtasida sportni keng ommalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida mas’ullarga musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish, iqtidorli sportchilarni saralash va ularni keyingi bosqichlarga sifatli tayyorlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.