locale OZ

Andijon viloyatida oʻquvchi yoshlar bilan sportning kamondan otish turi boʻyicha mahorat darslari oʻtkazildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijon viloyatida oʻquvchi yoshlar bilan sportning kamondan otish turi boʻyicha mahorat darslari oʻtkazildi
PHOTO: Telegram

Yoshlarning taʼtil vaqtidagi boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish maqsadida Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan M.Yusuf nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda 34-sonli Jasorat maktabi o‘quvchi yoshlari bilan mahorat darslari tashkillashtirildi.

Mashgʻulot davomida oʻquvchi yoshlarga kamondan otishning sir-asrorlarini oʼrgatilib, moʻljalga olish, otish tartiblari, diqqatni jamlash xususida mutaxassis murabbiylar tomonidan tushunchalar berildi.

O‘quvchi yoshlar oʻz merganlik mahoratlarini sinab koʻrish bilan birgalikda oʻzlarini qiziqtirgan savollariga murabbiylardan maʼlumotlar olishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting