Andijon viloyatida ommaviy yugurish marafonlari o‘tkazildi
Bu haqda Andijon viloyati sport boshqarmasi xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Andijon viloyati sport boshqarmasi
Andijon tumanidagi Yangi Andijon massivida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan yugurish marafonlari bo‘lib o‘tdi.
Unda 8 ming nafardan ziyod ishtirokchi Yangi Andijon massivida start olib, Vatanparvar bog‘igacha bo‘lgan masofani bosib o‘tdi. Tadbir doirasida “Harbiy yugur”, “Talaba-yugur” va “Inson uchun” yo‘nalishlarida ommaviy yugurish marafonlari tashkil etildi.
Mazkur sport tadbiri aholining jismoniy faolligini oshirish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga xizmat qildi.
Marafon yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.