Andijon sportchilari kanoe va baydarka bo‘yicha Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi
Bu haqda Andijon sport boshqarmasi xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Андижон спорт бошқармаси
2026-yil 24–27-aprel kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Xefey shahrida kattalar o‘rtasida kanoe va baydarka bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda Andijon viloyati sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etishdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra,
1-o‘rin sohiblari:
Maxkamov Shahriyor – baydarka bo‘yicha 1000 metr masofada 1-o‘rin,
Zarubin Aleksandr – baydarka bo‘yicha 5000 metr masofada 1-o‘rin.
2-o‘rin sohiblari:
Sherzodova Shoxsanam – kanoe bo‘yicha yakkalik 200 metrda 2-o‘rin, juftlik 200 metrda 2-o‘rin,
Zakirova Nilufar – kanoe bo‘yicha juftlik 200 metrda 2-o‘rin.
3-o‘rin sohibi:
Kodirjonova Muatar – kanoe bo‘yicha 1000 metr masofada 3-o‘rin.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist