locale OZ

Аndijon shahrida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start berildi

Musobaqa davomida ishtirokchilar turli yosh toifalarida g‘oliblik uchun bahslarga kirishmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Аndijon shahrida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start berildi
Фото: Андижон спорт бошқармаси

Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasida 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqa yosh avlod o‘rtasida intellektual sport turini keng targ‘ib etish, iqtidorli shaxmatchilarni aniqlash hamda ularning mahoratini oshirishga xizmat qiladi. Chempionatda respublikaning turli hududlaridan kelgan o‘quvchilar o‘zaro kuch sinashmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar yoshlar o‘rtasida shaxmatni rivojlantirish, ularni strategik fikrlash va mantiqiy tafakkurga yo‘naltirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Musobaqa davomida ishtirokchilar turli yosh toifalarida g‘oliblik uchun bahslarga kirishmoqda. Mazkur chempionat yoshlar sportini rivojlantirish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting