locale OZ

Andijon shahrida «Hokim olimpiadasi» doirasida tennis musobaqalari bo‘lib o‘tdi

G'oliblar diplomlar, medallar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijon shahrida «Hokim olimpiadasi» doirasida tennis musobaqalari bo‘lib o‘tdi
Фото: Андижон спорт бошқармаси

Andijon shahridagi 2-son sport maktabida “Hokim olimpiadasi” doirasida tennis bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sport bellashuvlarida sport ta’lim muassasalari, xususiy sport klublari hamda yakka tartibda faoliyat yuritayotgan trenerlar tomonidan tayyorlangan 13–14 yoshli iqtidorli sportchilar ishtirok etdi

Musobaqalar davomida yosh tennischilar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechib, ishtirokchilar o‘z mahorati, chaqqonligi va sportga bo‘lgan ishtiyoqini namoyon etdilar.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchilar Andijon shahar hokimligi tomonidan diplomlar, medallar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting