Andijon shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha «Hokim olimpiadasi» musobaqalari bo‘lib o‘tdi
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Андижон спорт бошқармаси
Andijon shahridagi gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida badiiy gimnastika bo‘yicha “Andijon shahar hokimi olimpiadasi” musobaqalari tashkil etildi. Musobaqalar “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” dasturlari doirasida o‘tkazildi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Sport vazirligi vakili F. Turdiyev hamda Andijon viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i O‘. Toshpo‘latov ishtirok etib, qatnashchilarga omad va yuqori natijalar tiladi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlar yakunida eng kuchlilar aniqlandi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist