Andijon Open International Taekwondo WT Championships: 1-kun g‘oliblari taqdirlandi
Andijon viloyatida o‘tkazilayotgan “Andijan Open International Taekwondo WT Championships” xalqaro turniri doirasida musobaqalarning birinchi kuni g’oliblari taqdirlandi. Kun davomida yoshlar, o‘smirlar hamda kattalar toifalarida qizg‘in va murosasiz bahslar bo‘lib o‘tdi.
Universal Sport Majmuasida tashkil etilgan bellashuvlarda O‘zbekistonning barcha hududlaridan hamda Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondan tashrif buyurgan sportchilar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Har bir vazn va yosh toifasida kuchli raqobat kuzatilib, ishtirokchilar yuqori tayyorgarlik darajasini ko‘rsatdilar.
Musobaqaning birinchi kuni yakunlariga ko‘ra, o‘z vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tantanali ravishda taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda g‘oliblarga diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.