«Andijon» jamoasining Antaliyadagi ikkinchi bosqich yig'ini boshlandi
"Andijon" jamoamiz uchun Antaliyadagi yig'inning ikkinchi bosqichi rasman start oldi. Futbolchilarimiz yangi bosqichni yuqori kayfiyat va katta ishtiyoq bilan boshlashdi.
Kunning birinchi qismida jamoa trenajyor zalida shug'ullanib, jismoniy tayyorgarlik ustida ish olib bordi. Bu mashg'ulotlar futbolchilarning kuch-quvvatini oshirish, tiklanish va yangi bosqichga tayyor holda kirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Kunning ikkinchi mashg'uloti esa maydonda tashkil etildi. Tabiat ham jamoamizga o'zgacha kayfiyat bag'ishladi — yomg'ir yog'ib turdi va bu mashg'ulot jarayonini yanada yoqimli va foydali qildi. Salqin havo va namlik futbolchilarning harakatchanligiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.
"Andijon" jamoasi yig'in davomida taktika tayyorgarligi, jamoaviy o'yinni shakllantirish va mavsum oldidan eng yaxshi forma olish ustida izchil ish olib boradi. Oldinda yana mashg'ulotlar va o'rtoqlik uchrashuvlari kutib turibdi.