locale OZ

Ana holos! Hamzat Chimayev va Drikus dyu Plessi o'rtasidagi jang barbod bo'lishi mumkin

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ana holos! Hamzat Chimayev va Drikus dyu Plessi o'rtasidagi jang barbod bo'lishi mumkin
FОТО: firstsportz.com

O'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Drikus dyu Plessi va kamar uchun da'vogar Hamzat Chimayev o'rtasidagi jang o'tkazilmasligi mumkin. Bu haqda insayder Kevin Ayole xabar bermoqda.

“Men doktorlardan dyu Plessi jarohat olganini eshitdim, biroq bu xabar hali rasman tasdiqlanmagan. Agar bu haqiqat bo'lsa, dyu Plessi va Chimayev UFC 317 turnirida o'zaro jang qila olmaydi”, - deydi Ayole.

Eslatib o'tamiz, Chimayev o'zining so'nggi janggini o'tgan yilning oktyabr oyida Robert Uittakerga qarshi o'tkazib, birinchi raunddayoq g'alaba qozongandi.

Umuman olganda, Hamzat faoliyati davomida 14 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan, shundan 12 tasida raqiblarini muddatidan avval mag'lub etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting