Ana endi Taylandda kurash yanada rivojlanadi!
Kurash Taylandning "National Youth Games" sport turlari qatoriga kiritildi.
Taylandning Chonburi shahrida bo'lib o'tgan qirqinchi "National Youth Games" o'yinlarida ilk bor kurash musobaqasi ham tashkillashtirildi. Bu esa mamlakatdagi yosh kurashchilarning rivojlanishi va Tayland milliy terma jamoasining kelajagini qurishda muhim rol o'ynashi aytildi.

Musobaqada qatnashish uchun mamlakat bo'ylab saralash bosqichlari o'tkazildi. Taylandning 5 mintaqasidagi 77 ta hududdan saralanib olingan kurashchilar Chonburidagi bahslarda ishtirok erishdi. Turnirda qatnashgan sportchilar quyidagi vazn toifalarida kurash tushdilar:
Erkaklar: -46 kg, -50 kg, -55 kg, -60 kg, -66 kg, +73 kg
Ayollar: -40 kg, -44 kg, -48 kg, -52 kg, -57 kg, +63 kg
Asosiy musobaqa 30 martdan 2 aprelgacha bo'lib o'tdi. Hal qiluvchi bahslarda 29 ta hududlardan kelgan 151 ta eng kuchli yosh sportchilar ishtirok etishgan bo'lsa, shulardan 83 nafari erkaklarni va 68 nafari ayollarni tashkil qildi.