Alpomish muz saroyi Paralimpiyachilar matonati xalqaro forumi va Adaptiv sport festivalining tantanali ochilish marosimiga mezbonlik qildi
"Alpomish" muz saroyi "Paralimpiyachilar matonati" xalqaro forumi va "Adaptiv sport" festivalining tantanali ochilish marosimiga mezbonlik qildi. Tadbir doirasida rossiyalik xokkeychilar ishtirokida adaptiv xokkey bo’yicha ko’rgazmali o’yin ham tashkillashtirildi.

Poytaxtimizdagi muhtasham "Alpomish" muz saroyida ayni kunlarda yurtimizda bo'lib o'tayotgan "Paralimpiyachilar matonati" xalqaro forumi va "Adaptiv sport" festivalining tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.

Tadbir davomida Rossiya adaptiv xokkey federatsiyasi tomonidan O’zbekistonda ushbu sport turini rivojlantirish maqsadida sport jihozlari topshirildi. Taniqli san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi va "Matonat maktabi" motivatorlarining motivatsion chiqishlari esa barchada katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, tadbir davomida rossiyalik xokkeychilar ishtirokida adaptiv xokkey bo’yicha ko’rgazmali o’yin bo'lib o'tdi.

Bir so‘z bilan aytganda, ushbu forum va festival nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarning matonati va hayotga intilishini yorituvchi, jamiyatda inklyuzivlik madaniyatini mustahkamlovchi va sog’lom turmush tarzini targ’ib qiluvchi muhim xalqaro maydonga aylandi.