locale OZ

Almaty Cadet Asian Cup 2026. Musobaqaning ilk kuni o‘smirlarimiz 12 ta medal qo‘lga kiritishdi

Turnirning ilk kuni kadetlar o‘rtasida 8 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Boshqa sport turlari
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Almaty Cadet Asian Cup 2026. Musobaqaning ilk kuni o‘smirlarimiz 12 ta medal qo‘lga kiritishdi
Фото: O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasi

Qozog‘istonning Almati shahrida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Beket Maxmutov xotirasiga bag‘ishlangan Osiyo Kubogi bo‘lib o‘tmoqda.

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan musobaqada 12 davlatdan kelgan 500 nafardan ziyod dzyudochi medallar yo‘lida tatamiga chiqyapti. Turnirning ilk kuni kadetlar o‘rtasida 8 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Dzyudochilarimiz murosasiz kechgan bellashuvlarda 3 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza, jami 12 ta medal qo‘lga kiritishdi.

Bugun Osiyo Kubogining ikkinchi kuni kadetlar o‘rtasida o‘rta va og‘ir vaznlar (o‘smirlar -73, -81, -90, +90 kg; qizlar -57, -63, -70, +70 kg)da g‘oliblar aniqlanadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting