locale OZ

Almabayev – Temirov jangi yana kun tartibida

Doping sabab bekor qilingan jang qayta tiklanishi mumkin- ekspert Almabayev va Temirov to‘qnashuvini kutayotganini aytdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

MMAMania.com nashri jurnalisti Adam Gillen 26-iyul kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan UFC musobaqasi yakunlaridan so‘ng, ayrim g‘oliblar uchun kelgusi raqiblar borasida takliflarini bildirdi. Ular orasida yengil vazn toifasida ishtirok etgan qozoqistonlik Asu Almabayev ham bor, deb xabar beradi Sports.kz.

"Zulfikar" laqabi bilan tanilgan Almabayev uch raund davom etgan jangda perulik Xose Ochoani hakamlar bir ovozdan qabul qilgan qaror bilan mag‘lub etdi. Adam Gillenning fikricha, endi Almabayevga o‘zbekistonlik Ramazan Temirovga qarshi jang tayinlash kerak. Aslida aynan u ushbu turnirda Asuning raqibi bo‘lishi kerak edi, biroq Temirov jang oldidan doping-sinovdan o‘ta olmagan.

"G‘alaba qozongan jangchi: Asu Almabayev
Endi u kim bilan jang qilishi kerak: Ramazan Temirov

Manel Kapega qarshi og‘ir mag‘lubiyatdan so‘ng, u uzoq davom etgan yutuqli seriyasini yo‘qotgandi. Biroq Xose Ochoa ustidan qo‘lga kiritilgan ishonchli g‘alaba bilan Almabayev qayta tiklanishga muvaffaq bo‘ldi.

Uning bu turnirdagi asl raqibi Temirov edi, lekin u taqiqlangan modda uchun topshirgan doping-sinovida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Men hanuzgacha bu jang qayta tashkil qilinishini xohlar edim. Barcha dalillar Temirovning bunday moddani niyatsiz qabul qilganini ko‘rsatyapti. Albatta, bu kabi vaziyatlar doimo tortishuvlarga sabab bo‘ladi. Temirov qancha muddat musobaqalarda qatnashmasligi hali noma'lum, lekin bu jang kelajakda amalga oshishiga umid bildirmoqchiman», — deb yozdi Gillen.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting