locale OZ

Aliyev va Berdimuratov — Budapeshtdagi reyting turniri sovrindorlari!

Yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoamiz ikki medal bilan Vengriyadan qaytdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

17–20 iyul kunlari Vengriya poytaxti Budapeshtda sport kurashlari bo‘yicha an’anaviy Polyák Imre & Varga János Memorial reyting turniri bo‘lib o‘tdi. Unda yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoamiz vakillari ishtirok etdi.

72 kg vazn toifasida Abdullo Aliyev musobaqa finaligacha yetib bordi. Gruziyalik, Yevropa chempionati sovrindori Yuri Lomadzega qarshi hal qiluvchi bahsda 2:8 hisobida yutqazgan hamyurtimiz kumush medalga sazovor bo‘ldi. Aliyev bugungacha U-20 va U-23 yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni bo‘lib, kattalar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida ikkinchi o‘rinni egallagan.

82 kg vaznda kurashgan Jalgasbay Berdimuratov esa bronza medali uchun kechgan bellashuvda rossiyalik Rafael Yunusov ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, yunon-rum kurashi bo‘yicha kurashchilarimiz Budapeshtdagi musobaqani ikki medal — bir kumush va bir bronza bilan yakunlashdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting