Alisher Yusupov Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi
Shuningdek, uch nafar sportchilarimiz ham ishtirok etdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Ўзбекистон Дзюдо Федерациясининг расмий канали
Kecha Serbiya poytaxti Belgrad shahrida klublar o‘rtasidagi Yevropa Chempionlar Ligasi turniri bo‘lib o‘tdi.
Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori Alisher Yusupov Fransiyaning PSJ klubi tarkibida Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi. O‘tgan yili ham Parij klubi ushbu turnirda chempion bo‘lgandi.
Muzaffarbek To‘raboyev, Shahram Ahadov va Shahzodxo‘ja Sharipov Qozog‘istonning "Jenis" klubi safida Yevropa Chempionlar Ligasining bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Dzyudochilarimizning bari o‘z g‘alabalari bilan klublarining umumiy muvaffaqiyatiga xissa qo‘shishdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist