Alina Hakimova: Oltinni maqsad qilgandim, ammo final poygasida raqibim kuchliroq ekanligini ko‘rsatdi
O'zbek sportchisi Ar-Riyoddagi Islom birdamlik o‘yinlarida duatlon bo‘yicha O‘zbekistonga kumush medalni taqdim etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: triatlon Uzbekistan
Alina Hakimova Ar-Riyoddagi Islom birdamlik o‘yinlarida duatlon bo‘yicha O‘zbekistonga kumush medalni taqdim etdi hamda o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“O‘zbekiston hisobiga kumush medalni qo‘lga kiritganimdan juda xursandman va buning uchun borimni berdim. Oltinni maqsad qilgandim, ammo final poygasida raqibim kuchliroq ekanligini ko‘rsatdi.
Yig‘in davomida murabbiyim Viktor Zemtsev bilan juda ko‘p ish olib borildi. Natijadan mamnun bo‘ldik va buning uchun, albatta, murabbiyimga alohida tashakkur aytaman.
O'zbekiston Respublikasi Olimpiya qo'mitasi, Triatlon federatsiyasi va homiymiz 7saberga ko'rsatilgan yordam uchun cheksiz minnatdorchilik bildiraman”,-dedi triatlon bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor