locale OZ

Aleksandr Petrov: «Maqsadimiz — yuqori o‘rinlar uchun kurashish»

Yangi mavsumga qur'a tashlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aleksandr Petrov: «Maqsadimiz — yuqori o‘rinlar uchun kurashish»
Фото: Ўзбекистон футзали

Oliy liganing 2026/2027-mavsumiga qur'a tashlash marosimidan so‘ng "Xorazm" PFK jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Petrov yangi mavsum oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Avvalo, qur'a haqida gapiradigan bo‘lsam, u debyutant jamoa uchun ancha og‘ir kechdi. Chempionatni mamlakatimiz vitse-chempioni — SQB, bronza medali sohibi — “Nurafshon” hamda O‘zbekistonning eng mahoratli murabbiylaridan biri Bahodir Ahmedov boshchilik qilayotgan “Maksam-Chirchiq” jamoalariga qarshi o‘yinlar bilan boshlaymiz.

Bunday kuchli raqiblarga qarshi futbolchilarni ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan tayyorlash oson emas.

Lekin klub rahbariyati bizning oldimizga yuqori vazifalarni qo‘ygan. Biz chempionatda ham, mamlakat Kubogi bahslarida ham yuqori maqsadlarni ko‘zlab maydonga chiqamiz.

O‘zbekistonning birinchi chempionlari yetishib chiqqan hududda futzalni yanada rivojlantirish, uning nufuzini yuqori pog‘onalarga ko‘tarishni maqsad qilganmiz.

Shunday ekan, har qanday raqibdan cho‘chimay, bor kuch va mahoratimizni, salohiyatimizni ishga solib maydonga tushishimiz talab etiladi.

Shu ma'noda, xorazmlik futzal ishqibozlarining ishonchini oqlashga bel bog‘laganmiz», — dedi Aleksandr Petrov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting