locale OZ

Aleks Pereyra navbatdagi jangiga oid muhim anonsni kutmoqda

Hozircha uning navbatdagi raqibi rasman e’lon qilinmagan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aleks Pereyra navbatdagi jangiga oid muhim anonsni kutmoqda
Foto: Getty Images

UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Aleks Pereyra navbatdagi jangi bo‘yicha yaqin orada muhim yangilik e’lon qilinishini ma’lum qildi. Braziliyalik jangchi ijtimoiy tarmoqlarda “katta sinov” kutayotganini ta’kidladi.

Pereyraning aytishicha, u faoliyati davomida doimo tavakkal qilib kelgan va aynan shu jihat uni bugungi darajaga olib chiqqan. “Tez orada. Yaxshi xabarlar. Va katta sinov. Agar barcha janglarimda tavakkal qilmaganimda, bugungi Pereyra bo‘lmasdim”, — dedi u.

Hozircha uning navbatdagi raqibi rasman e’lon qilinmagan. Biroq so‘nggi xabarlarda og‘ir vazndagi Sergey Pavlovich ehtimoliy variantlardan biri sifatida tilga olinmoqda. UFC rahbari Dana White ham Pereyraning keyingi jangi bo‘yicha e’lon yaqinlashayotganini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Pereyra oxirgi bor 2026-yil 14-iyun kuni og‘ir vaznda Siryl Ganga qarshi jang qilib, texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘lgan. Shundan keyin u og‘ir vaznda qolishini va faoliyatini aynan shu divizionda davom ettirishini bildirgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting