locale OZ

Al Ain shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha CSI2* toifadagi xalqaro musobaqalar o‘tkazilmoqda

Abdullaev Abdurahmon esa mazkur yo‘nalishda barqaror natija qayd etib, 6-o‘rinni egalladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Al Ain shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha CSI2* toifadagi xalqaro musobaqalar o‘tkazilmoqda
photo: Ot sporti Uzbekistan

2025-yil 13–16 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Al Ain shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha 145 sm balandlikdagi to‘siqlarni o‘z ichiga olgan CSI2* toifadagi xalqaro musobaqalar o‘tkazilmoqda.

15 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi dasturda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, quyidagi natijalarga erishdilar:
Kurbanov Bekzod 145 sm balandlikdagi to‘siqlar bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda ishonchli chiqish ko‘rsatib, musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Abdullaev Abdurahmon esa mazkur yo‘nalishda barqaror natija qayd etib, 6-o‘rinni egalladi. Musobaqa dasturida yana bir kunlik bahslar rejalashtirilgan bo‘lib, O‘zbekiston terma jamoasining ushbu bosqichlarda ham yuqori natijalarga erishishiga va mamlakatimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilishiga ishonch bildiramiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting