locale OZ

Akbarali Abduvaliyev va Dinara Belyanina hisobimizga Jahon kubogining oltin medalini taqdim etishdi

Bolgariyaning Plovdiv shahrida tashkil etilgan para akademik eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi biz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Akbarali Abduvaliyev va Dinara Belyanina hisobimizga Jahon kubogining oltin medalini taqdim etishdi
Photo: Para Olimpiyada

Bolgariyaning Plovdiv shahrida tashkil etilgan para akademik eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi biz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Xabar berganimizdek, terma jamoamiz musobaqa doirasida juftlik yo‘nalishidagi bellashuvlarda ishtirok etishdi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, bugun Jahon kubogining yakuniy kunida PR3 MIX2x dasturidagi hal qiluvchi bahslar o‘tkazildi. Ahamiyatlisi, unda ishtirok etgan vakillarimiz Akbarali Abduvaliyev va Dinara Belyanina marra chizig‘ini 7:45.71 soniyada kesib o‘tdi va oltin medalga ega chiqdi.

Shunday qilib, hamyurtlarimiz Plovdiv shahri mezbonlik qilgan Jahon kubogining ikkinchi bosqichida ikkita oltin medalga sazovor bo‘lishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting