locale OZ

Akbar Jo‘rayev yangi mavsumni oltin medal bilan boshladi! Sharofiddin Amriddinov ham shohsupada!

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Akbar Jo‘rayev yangi mavsumni oltin medal bilan boshladi! Sharofiddin Amriddinov ham shohsupada!
PHOTO: Telegram

Xitoyning Jiangshan shahrida davom etayotgan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidan xushxabarlar kelishi davom etmoqda.

Bundan biroz avval erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasida supachaga ko‘tarilgan hamyurtlarimiz - Akbar Jo‘rayev hamda Sharofiddin Amriddinov qit’a birinchiligining oltin va kumush medallariga sazovor bo‘lishdi.

Jumladan, Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarishda 183 kg, siltab ko‘tarishda 223 kg va ikkikurashda 406 kg natija qayd etgan holda 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sharofiddin Amriddinov dast ko‘tarishda 181 kg, siltab ko‘tarishda 214 kg va ikkikurashda 395 kg natija ko‘rsatib 3 ta kumush medalni delegatsiyamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu Osiyo chempionati Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindori Akbar Jo‘rayev uchun Parij Olimpiadasidan keyingi dastlabki rasmiy musobaqa hisoblanadi. Shunga qaramasdan, iste’dodli sportchimiz mavsumning ilk musobaqasida yuqori natija ko‘rsatib, delegatsiyamiz hisobiga mazkur Osiyo chempionatidagi dastlabki oltin medallarni olib keldi.

Yana bir e’tiborli jihati, Xitoydagi qit’a birinchiligi terma jamoamizda faoliyat yuritayotgan misrlik mutaxassis Xalid Korani uchun ham birinchi rasmiy musobaqa bo‘ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting