locale OZ

Akbar Joʻrayev mutlaq Osiyo chempioni! Amriddinovda 3 ta kumush

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Akbar Joʻrayev mutlaq Osiyo chempioni! Amriddinovda 3 ta kumush
FОТО: Olympic.uz

Ogʻir atletika boʻyicha Xitoyda oʻtayotgan Osiyo chempionatining soʻngi bahslari Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtmoqda. Erkaklar oʻrtasida -109 kg vazn toifasida kechgan bahslar sportchilarimizning benefisiga aylandi.

Olimpiada chempioni va sovrindori Akbar Joʻrayev yana bir bor yuksak mahorat koʻrsatib, barcha yoʻnalishda eng katta koʻrsatkichlarni qayd etdi (183, 223 va 406 kg) va 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Ushbu dasturda Joʻrayevdan keyingi natijani koʻrsatgan boshqa bir vakilimiz Sharofiddin Amriddinov (181, 214 va 295 kg) esa 3 ta kumush medal bilan taqdirlandi.

Ushbu natijadan keyin terma jamoamiz hisobidagi medallar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzaga yetib, umumjamoa hisobida uchinchi oʻringa koʻtarilib oldik.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting