Akademik eshkak eshuvchilarimiz Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev jahon chempioni
Musobaqada kumush medal Germaniya, bronza medali esa AQSh sportchilariga nasib etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqadagi tarixiy medaliga sazovor boʻldi.
Yengil vaznli sportchilar oʻrtasidagi juftlik dasturida (LM2x) Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev dueti oltin medal sohibiga aylandi. Bu oʻzbekistonlik akademik eshkak eshuvchilarning kattalar oʻrtasidagi jahon jahon chempionatida qoʻlga kiritgan dastlabki oltin medali sifatida tarixda qoladi.
Musobaqada kumush medal Germaniya, bronza medali esa AQSh sportchilariga nasib etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist