locale OZ

Akademik eshkak eshuvchilarimiz navbatdagi xalqaro musobaqada ishtirok etishadi

2026-yil 24-26-aprel kunlari Janubiy Koreyaning Chxundju shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Akademik eshkak eshuvchilarimiz navbatdagi xalqaro musobaqada ishtirok etishadi
photo: suv sporti

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasidan keyin akademik eshkak eshuvchilarimiz ham navbatdagi xalqaro musobaqada ishtirok etishadi.

2026-yil 24-26-aprel kunlari Janubiy Koreyaning Chxundju shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi. Tangeum ko‘li hududida tashkil etiladigan ushbu nufuzli musobaqada Osiyoning eng kuchli sportchilari ishtirok etadi. Chxundju shahri xalqaro darajadagi regattalar markazi sifatida tanilgan bo‘lib, u yerda doimiy ravishda jahon va qit’a miqyosidagi yirik musobaqalar o‘tkazilgan. Osiyo kubogi esa sportchilar uchun katta tajriba maktabi va yirik startlarga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.

Bizning sportchilarimiz maqsadi – bo‘lg‘usi Osiyo kubogida munosib ishtirok etish.

Jamoamiz tarkibi quyidagicha:
Anvar Karimov
Shehroz Xakimov
Muhammadali Jo‘raqulov
Ozod Mamatov
Firdavs Maxkamov
Obidjon Jo‘raqulov
Shahriyor Hamdamov
Dinora Gafurova
Asalxon Muhammadkulova
O‘g‘iloy Sattorova
O‘g‘iloy Abduraviboyeva
Zuxra Turdiqulova
Aytgul Xudoybergenova
Ziyada Uzakova
Bexruzjon Vasliddinov

Murabbiylar:
Sergey Tyan
Yevgeniy Agafonov
Firdavs Ochilov

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting