locale OZ

Akademik eshkak eshuvchilarimiz Jahon kubogining II bosqichida ishtirok etishmoqda

O‘zbekiston sharafini 17 nafar sportchimiz himoya qilgan holda medallar uchun kurash olib bormoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Akademik eshkak eshuvchilarimiz Jahon kubogining II bosqichida ishtirok etishmoqda
photo: Akademik eshkak eshish

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Bolgariyaning Plovdiv shahrida 10 kun davom etgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan so‘ng ayni kunlarda Jahon kubogining II bosqichida o‘z mahoratlarini namoyish etishmoqda.

12–14 iyun kunlari o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqada dunyoning 22 davlatidan 330 nafardan ortiq sportchi qatnashmoqda. Musobaqa World Rowing taqvimidagi eng nufuzli startlardan biri bo‘lib, unda ko‘plab kuchli terma jamoalar bahs olib bormoqda.

Ushbu mas’uliyatli musobaqada O‘zbekiston sharafini 17 nafar sportchimiz himoya qilgan holda medallar uchun kurash olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilgi Jahon kubogining II bosqichida hamyurtimiz Shahzod Nurmatov bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Jahon kubogining II bosqichi 14-iyun kuni yakuniga yetadi. Terma jamoamizga omad va yorqin g‘alabalarni tilab qolamiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting