locale OZ

Akademik eshkak eshuvchilar hamda baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilarimiz navbatdagi xalqaro musobaqada ishtirok etishdi

Har yili Ozarbayjonning Mingachevir shahrida an’anaviy tarzda «Prezident Cup» xalqaro regatasi bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Akademik eshkak eshuvchilar hamda baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilarimiz navbatdagi xalqaro musobaqada ishtirok etishdi
photo: Akademik eshkak eshish

Akademik eshkak eshuvchilar hamda baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilarimiz navbatdagi xalqaro musobaqada ishtirok etishdi.

Har yili Ozarbayjonning Mingachevir shahrida an’anaviy tarzda «Prezident Cup» xalqaro regatasi bo‘lib o‘tdi. Joriy yilda ushbu musobaqada Ozarbayjon, O‘zbekiston, Chexiya, Gruziya, Germaniya, Gretsiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Litva, Moldova, Ruminiya, Serbiya, Shvetsiya, Tojikiston, Turkiya va Ukrainadan 100 dan ortiq sportchilar qatnashdi.

Quvonarlisi shundaki, mamlakatimiz sharafini himoya qilgan uch nafar sportchimiz — Maksim Ivliyev, Zafarjon Baxtiyorov va Abdulaziz Garipov - K-1 (200 m, 1000 m) hamda K-2 (500, 1000 m) masofalarida o‘tkazilgan poygalarda 6 ta oltin va 1 ta kumush medallariga ega chiqishdi.

Mazkur regata har yili turli mamlakatlardan eng kuchli eshkak eshuvchilarni jamlagan holda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va eshkak eshish sporti turlarini ommalashtirishga xizmat qilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting