Akademik eshkak eshish bo’yicha yosh sportchilarimiz U19 jahon chempionatida ishtirok etmoqda
Akademik eshkak eshish bo’yicha yosh sportchilarimiz U19 jahon chempionatida ishtirok etmoqda!
6–9-avgust kunlari Bolgariyaning Plovdiv shahrida 19 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati (World Rowing Under 19 Championships) bo‘lib o‘tmoqda. Nufuzli musobaqada 55 ta davlatdan 660 nafarga yaqin sportchi ishtirok etib, 14 ta yo‘nalish bo‘yicha medallar uchun bahs olib boradi.
O‘zbekiston terma jamoasi mazkur jahon chempionatida olti nafar sportchi - to‘rt nafar yigit va ikki nafar qiz bilan ishtirok etmoqda.
Terma jamoamiz tarkibi quyidagicha:
JM2- Mehroj Isroilov/Husan Xudoyberdiyev
JM2x Lazizbek Qo’chqorov/Umarali Abdullayev
JW2- Aydana Smetullayev/Rayhona Sattorova
Sportchilarimizga omadli poygalarni va yorqin g‘alabalarni tilab qolamiz!