locale OZ

“Aichi-Nagoya–2026” yozgi Osiyo o'yinlariga bag'ishlab “Fun Run” musobaqasi bo'lib o'tdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Bugun, 4 iyun kuni “Tashkent City” hududida “Aichi-Nagoya–2026” yozgi Osiyo o'yinlarini targ'ib qilish maqsadida ommaviy “Fun Run” yugurish musobaqasi tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Viktor Mahmudov, O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, bosh kotib Oybek Qosimov, Osiyo Olimpiya kengashi hamda “Aichi-Nagoya–2026” tashkiliy qo‘mitasi vakillari, o‘zbekistonlik sport yulduzlari va yosh atletlar ishtirok etdilar.

Musobaqa doirasida faqatgina yugurish emas, balki Olimpiya g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan rasm chizish tanlovi ham o‘tkazildi.

Tadbir yakunlariga ko‘ra eng yaxshi natijalarni qayd etgan ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting