locale OZ

Aichi-Nagoya-2026 sari qadam: Toshkentda “FunRun” musobaqasi oldidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aichi-Nagoya-2026 sari qadam: Toshkentda “FunRun” musobaqasi oldidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi
FOTO: Olympic.uz

Yozgi Osiyo o‘yinlari oldidan anʼanaga aylangan “FunRun” yugurish musobaqalari bu yil ham qit’a bo‘ylab sport va Olimpiya harakatini keng targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.

Ayni shu maqsadda bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlab oʻtkaziladigan FunRun musobaqasi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Osiyo Olimpiya Kengashi hamda Aichi-Nagoya-2026 tashkiliy qo‘mitasi vakillari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida FunRun doirasida nafaqat yugurish bahslari, balki Olimpiya harakatini targ‘ib qilishga xizmat qiluvchi rasm chizish tanlovi ham tashkil etilishi aytib o‘tildi.

Shuningdek, matbuot anjumanida O‘zbekiston terma jamoasining XX yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting