locale OZ

Aichi-Nagoya-2026: Stol tennisi, boks, o'q otish sporti va kibersport bo‘yicha tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

Aichi–Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlari 19-sentabr — 4-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aichi-Nagoya-2026: Stol tennisi, boks, o'q otish sporti va kibersport bo‘yicha tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi
Фото: Olympic.uz

Sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov hamda MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish maqsadida bir qator sport federatsiyalariga tashrif buyurdi.

Mas’ullar O‘zbekiston og‘ir atletika va gimnastika federatsiyalari, shuningdek, mamlakat taekvondo WT assotsiatsiyasida bo‘lishdi. Mazkur federatsiyalar rahbariyati, murabbiylar va mutaxassislar ishtirokida sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarning tayyorgarlik holati atroflicha muhokama qilindi.

Muhokamalar chog‘ida sportchilarning mashg‘ulot rejalari, xalqaro musobaqalarda ishtirok etish taqvimi, Osiyo o‘yinlarida yuqori natijalar qayd etishi kutilayotgan sportchilar tayyorgarligi, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, ilmiy-metodik va tibbiy ta’minot masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Eslatib oʻtamiz, Aichi–Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlari 19-sentabr — 4-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting