locale OZ

Aichi-Nagoya-2026: Sherzod Poyonov kumush medal sovrindori boʻldi va boshqa natijalar

Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Sherzod Poyonov (-97 kg) delegatsiyamizga kumush medal keltirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aichi-Nagoya-2026: Sherzod Poyonov kumush medal sovrindori boʻldi va boshqa natijalar
photo: MOQ

Aichi-Nagoya-2026: Sherzod Poyonov kumush medal sovrindori boʻldi

Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Sherzod Poyonov (-97 kg) delegatsiyamizga kumush medal keltirdi. Finalda eronlik sportchi bilan kurashgan Poyonov imkoniyatni boy berdi va ikkinchi oʻrinni egalladi.

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi delegatsiyamizga navbatdagi bronza medalini taqdim qildi. Aralash jamoaviy dasturda uchinchi oʻrin uchun kurashgan hamyurtlarimiz Janubiy Koreya jamoasini 4:2 hisobida magʻlub etishdi.

Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Marat Mavlonov Osiyo oʻyinlarining kumush medalini qoʻlga kiritdi. +80 kg vazn toifasining finalida jang qilgan yurtdoshimiz eronlik raqibiga magʻlub boʻldi va ikkinchi oʻrinni egalladi.

Badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromova Osiyo oʻyinlarida uchinchi oltin medalini qoʻlga kiritdi. Yakkalik koʻpkurash dasturining finalida qatnashgan yurtdoshimiz 112.950 ball bilan oltin medalga sazovor boʻldi.

Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Svetlana Saidova joriy Osiyo oʻyinlarini uchinchi oʻrinda yakunladi. +67 kg vazn toifasida qatnashgan sportchimiz yarim finalda Xitoy vakiliga imkoniyatni boy berdi va bronza medaliga ega chiqdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting