Aichi-Nagoya-2026. Og'ir atletika. -70 kg vazn toifasida dast ko‘tarish mashqlari o’z yakuniga yetdi
AICHI-NAGOYA-2026 | OG‘IR ATLETIKA
Erkaklar, -70 kg vazn toifasi
Ayni vaqtda Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlari doirasida og‘ir atletika bahslarining erkaklar o‘rtasidagi -70 kg vazn toifasida dast ko‘tarish mashqlari o’z yakuniga yetdi.
Mazkur vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Adhamjon Ergashev dast ko‘tarish mashqida o‘zining uchala urinishini ham muvaffaqiyatli amalga oshirib, barqaror natija qayd etdi.
Hamyurtimiz bahsni 137 kg natija bilan boshladi. Ikkinchi urinishida esa shtangani 140 kg vaznda muvaffaqiyatli ko‘tardi. Uchinchi urinishda Adhamjon o‘z natijasini yana 2 kilogrammga yaxshilab, 142 kgni zabt etdi.
Shunday qilib, Adhamjon Ergashev dast ko‘tarish mashqini 142 kg natija bilan yakunladi va endi bahsning ikkinchi qismi — siltab ko‘tarish mashqida o‘z imkoniyatlarini namoyish etadi.
Oldinda hal qiluvchi urinishlar kutmoqda. Hamyurtimizga siltab ko‘tarish bahslarida ham omad, kuch va ishonch tilaymiz!